🌿 PF-207-son Farmon ijrosi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmonining 1-ilova, 30.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosi amalda ta’minlanmoqda.

📍 Peshku tuman 2-son Politexnikumida mazkur band talablarini bajarish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar va pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan Qo‘shma murojaati pedagoglar va o‘quvchi-yoshlar e’tiboriga monitor orqali yetkazildi

Uchrashuv davomida
🔹 giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga zararli ta’siri
🔹 ularning og‘ir ijtimoiy oqibatlari

haqida atroflicha tushuntirishlar berildi va ishtirokchilarda mazkur yo‘nalishda ogohlikni oshirishga qaratilgan fikr-muloqotlar olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan