Korrupsiya kelajakga tahdid

 

Korrupsiya zamonamizning eng jiddiy muammolaridan biri bo‘lib, u nafaqat davlat boshqaruvining samaradorligini pasaytiradi, balki jamiyatning har bir qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiya — bu mansabdor shaxslarning o‘z lavozim va vakolatlaridan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab noqonuniy foydalanishidir. Ushbu jarayon shaffoflik va adolat prinsiplarini buzadi, resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi va jamiyat taraqqiyotini to‘xtatadi.

Korrupsiyaning kelajakka tahdidi juda kattadir. U ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytirib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi va kelgusi avlodlar imkoniyatlarini cheklaydi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma kabi sohalar korrupsiyadan eng ko‘p zarar ko‘radi. Natijada, davlatning fuqarolar oldidagi ishonchi kamayadi, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik esa pasayadi.

Read More