Peshko’  Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 2008-yildan o’z ish faoliyatini boshlagan bo’lib, 85 nafar  kishini ish bilan taʼminlabgina  qolmasdan ,o’z  bag’riga yoshlarni bilimli malakali kadr bo’lib yetishlari uchun, 9 yo’nalish bo’yicha o’z eshiklarini ochdi.Peshko’  Iqtisodiyot kasb-hunar kollejini tamomlagan talabalar bugungi kunda, hayotda oʻz oʻrnini, yo’lini topgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu kollejda barcha sinf -xonalar zamonaviy ta’mirlangan , o’quvchilarning yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda Peshko’ iqtisodiyot kasb-hunar kolleji , 2020 yildan  Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabiga aylantirildi. Hozirgi kunda 416 nafar talabani o’z bağriga olib ,ularning jamiyatda o’z o’rnini topishlari,hamda vatani ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlari uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Har bir insonning jamiyatda o’z o’rni bo’lganidek  ushbu bo’lajak mutaxassislar ham  harakatda desak adashmaymiz.