BIR ASRNING IKKI DAHOSI
Bugun Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «BIR ASRNING IKKI DAHOSI» buyuk sarkarda shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi keng munosabati bilan 1- kurs va 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida ma‘naviy -marifiy tadbir o‘tkazildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Oʼrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʼziga xos oʼrin egallagan adib, shoir, olim boʼlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʼlsa, serjilo oʼzbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʼazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʼlib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Аruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʼlib qoʼshildi.
Tadbirda kasb-hunar maktabining o’quvchilari tomonidan Zahriddin Muhammad Bobur g’azallari,ruboiylari madh etildi.
Tadbir so’ngida kasb-hunar maktabi tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilar Maqtov yorliqlar bilan taqdirlandilar.



