JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Bugun, Peshku tuman 2-son kasb – hunar maktabida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Peshku tuman bo’linmasi rahbari S.Fayziyeva, VM huzuridagi Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning Buxoro viloyati Peshku tumani bo’yicha bosh mutaxassisi M.G’offurov, BUXDU. dotsenti M.Orziyev va katta o’qituvchisi J.Majidov Kasb – hunar maktabi direktori B.Mahmudov,YoBIBDO’ SH.Abdiyev va maktab o`quvchilari ishtirokida o’quvchi-yoshlarining ilg’or g’oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar o`rtasida «Jaholatga qarshi ma`rifat» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda so’z olganlar o’z nutqlarida hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida roy berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etishi shuningdek yoshlar ongida ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo’lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o’rin tutishi ta’kidlandi.
Jaholat nafaqat diniy shaklda, balki dunyoviy, dahriylik ko’rinishida ham namoyon bo’ladi. Bunday illatlarga qarshi ma’rifat asosida kurash olib borish, ma’naviyat masalasi o’zbekistonlik barcha sog’lom fikrli kishilarning vijdon ishiga aylanishini davr taqozo etmoqda. Zero, ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omilidir.
Shu bois inson ma’naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda jahon ilm-fani yutuqlari, umumbashariy taraqqiyot tajribalari asosida yovuz, buzg’unchi g’oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot xurujlari va ularga qarshi imunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritdilar.




