SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA!
Joriy yilning 21-aprel kuni Peshku tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muxim tashabbus hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-sonli farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bilan xamkorlikda Kurash bo‘yicha 2011-2012 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida 1-son BO‘SM birinchiligi bo‘lib o‘tdi.



