SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «SIZGA TA’ZIM,SIZGA EHTIROM»mavzusidagi 1-Oktiyabr ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni kasb-hunar maktabi direktori B.X.Mahmudov so’zga chiqib,bayram bilan barchani muborakbod etdi va ustoz va o’qituvchi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi!

Ustoz bizga hayotning mashaqqatlarini, egri-bugri so‘qmoqlarini, xursandchiliklarini, umuman, hayotning mazmunini o‘rgatuvchi zotdir. Shuning uchun ham muallim ko‘ngillarni yorituvchi, hayotga ziyo bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanadi. Agar dunyodagi barcha boyliklarni yig‘sak ham, ustozlar oldidagi qarzlarni uzishga yetmaydi. Navoiy hazratlari ta’kidlaganidek, Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila. Zotan, ustozga boylik kerak emas. Unga shogirdlarining e’tibori, ularning biror martabaga erishgani va xalqi uchun kerakli inson bo‘lishini bilishning o‘zi kifoya.

Shundan so’ng ustozlar haqida tayyorlangan videorolik va slayd namoyish etildi. Maktabning talabalari tomonidan tayyorlangan she’rlar va sahna ko’rinishlarini qo’yib eshitirilib ustozlarga gullar bilan birga taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan