“Uch avlod uchrashuvi” va “Ochiq eshiklar”
“Uch avlod uchrashuvi” va “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan “BESH TASHABUS – BESH IMKONIYAT” ko`rik-tanlovi o’tkazildi
Joriy yilning 21-aprel sanasida Peshku tumani 2-son kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” doirasida tadbirlar tashkil qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o’rni beqiyos. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.
El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Bundan tashqari Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabining o’quvchilari o’z kasbi, sohasi bo’yicha o’z qo’l mehnatlari bilan yaratgan san`at asarlari, arxitektura namunalari hamda turli xil pishiriqlar bilan tashrif buyurgan mehmonlarni xursand qilishdi.
Shuningdek bugungi tashkil etilgan «Uch avlod uchrashuvi» hamda «Ochiq eshiklar kuni”da maktablarda tahsil olayotgan o’quvchilar tashrif buyurib, 2-son kasb-hunar maktabi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Yoshlarning madaniy hordiq olishlari uchun, Peshku tumani Madaniyat markazi tomonidan qiziqarli, maroqli musiqa dasturi tashkil etilib, «Uch avlod uchrashuvi» hamda «Ochiq eshiklar» kuni yuqori saviyada o’tkazildi.





