2021-2022 O’QUV YILIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

PEShKU TUMANIDAGI 2-SON KASB-HUNAR MAKTABIDA 2021-2022 O’QUV YILIDA AMALGA OShIRILGAN IShLAR TO’G’RISIDA

BUXORO VILOYATI PESHKU TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABIGA

QUYIDAGI YO’NALISHLAR BO’YICHA O’QUVCHILARNI TAHSIL OLISHMOQDA.

1.Oshpaz-qandolatchi

Kasbi: Oshpaz-qandolatchi

Klasfikatsiyalari:

1.Oshpaz

2.Nonvoy

3.Maktabgacha talim tashkiloti oshpazi

4. Maktabgacha talim tashkiloti oshpaz yordamchisi

5.Qandolatchi

2. Avtomabillarni ta’mirlash chilangari

Klasfikatsiyalari:

1.Avtomabillarni ta’mirlash chilangari

2. “BC” toifali avtomobil haydovchisi

3.Yo’nalish: Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi

Kasbi:Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori

Klasfikatsiyalari:

– Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori

4.Kasbi: Traktorchi-mashinist

Klasfikatsiyalari:

1.Traktorchi-mashinist

2.“B” yoki “BC” toifali avtomobil haydovchisi

5.Yo’nalish:Tikuvchi

Klasfikatsiyalari:

  1. Ayollar kiyimi tikuvchisi 2.Erkaklar kiyimi tikuvchisi

2. Bolalar kiyimi tikuvchisi 4.Ustki kiyim tikuvchisi

6.Yo’nalish:

Kasbi: Qishloq xo’jalik ekinlari labaranti

Klasfikatsiyalari:

1.G’o’za urugchiligi labaranti

2.Boshoqli va dukkakli don,moyli uruglar ekinchiligi labaranti

7. Yo’nalish: Oqava suv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va montaj ishlari chilangari,

8. Yo’nalish: Duradgorlik va pol yotqizish ishlari ustasi

Kasb–hunar maktabining har bir yo’nalishida tahsil olayotgan o’quvchilarga o’tiladigan nazariy o’quv mashg’ulotlarni amaliyotda bajarib ko’rishlari uchun yo’nalishlar kesimida 8 ta o’quv amaliyot ustaxonalarida davlatimiz tomonidan ajratiladigan xomashyolardan foydalanib, amaliyotda bajarib kelmoqdalar. O’quvchilar ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarni o’tashlari hamda bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishlari uchun tumandagi 28 ta korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan.

Respublikada limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, ilgʻor va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabining o’quvchilari o’quv -amalyotini Peshku tuman Limonchilik maktabida o’tkazishmoqda.

Kasb-hunar maktabi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida umumta’lim hamda maxsus fan o’qituvchilari tomonidan fan to’garaklari tashkil qilinib, barcha o’quvchilar qamrab olingan.

Shuningdek, kasb-hunar maktabining o’quvchilari “Barkamol avlod” sport o’yinlarining viloyat bosqichida ishtirok etishib, sportning barcha turlaridan faxrli o’rinni, egallab, Buxoro viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi Buxoro viloyati Sport va Turizm Bosh Boshqarmasi Peshku tuman 2-son kasb -hunar maktabining 13-21 «Tikuvchilik» guruhi talabasi Zamonova Jasmina ,DZDO sporti bo’yicha «Barkamol avlod» viloyat chempionatida faxrli 1-o’rinni egallab Diplom hamda Oltin medal bilan taqdirlandi, hamda 1-dekabr sanasida Qozog’iston Respublikasida o’tkazilgan DZDO sport musobaqasida ishtirok etib faxrli 3-o’rinni egallab, Diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan