Peshku tuman 2-son Politexnikumida Navoiyga_ehtirom
🔰Joriy yilning 8-fevral kuni Peshku tumani «Navoiy» MFY hududida joylashgan so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy byusti poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tuman hokimi, H.H.Davlatov, pedagog xodimlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔰 Shuningdek, sana munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Peshku tuman 2-son Politexnikumi, tuman madaniyat bo‘limi, bilan hamkorlikda «Navoiyga ehtirom, she’riyat, ilm va hikmat kechasi» mavzusida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.








