“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
🌱“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi.
Peshku tuman 2-son politexnikumda o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 31-maydagi 81-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg’otish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof muhitni muhofaza qilish va Iqlim oʻzgarishi vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining 2024-yilning 27-dekabr kunidagi qarori Oliy Ta’lim fan va Innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rin bosarining 27.12.2024 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigilishining 54 son bayoni bilan hududda faoliyat yuritayotgan politexnikumlar oʻrtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika koʻrik tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Bunda hududda faoliyat yuritayotgan politexnikumlar ishtirokchilari ishtirok etdilar. 4 bosqich asosida oʻtkazilgan bu tanlovda ekologik bilimlar, ekologik muammolar va ularning yechimlari ekologik taqdimotlar va oʻquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha ishlari taqdim etildi.

🌱“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi.


