Peshku tuman 2-son  politexnikumida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kuni

 

Tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida Peshku tumanidagi  umumtaʼlim maktablaridan 567  nafardan ortiq  9-11-sinf  bitiruvchilari qatnashdilar.

Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilariga politexnikumda  2025-2026 o’quv yilida zamonaviy kasblar haqida batafsil tushuntirildi.
O‘quvchi, o‘qituvchi va ularning ota-onalariga politexnikum bo‘ylab ekskursiyalar uyushtirildi, yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar bilan tanishtirib chiqildi. Bu o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Ishtirok etgan umumta’lim maktablarining  9-11-sinf o‘quvchilarning  aksariyat qismi kunduzgi,sirtqi va dual ta’lim asosida politexnikumda o‘qish istagini bildirdirib roʻyxatga olindilar.

Ma’lumot  o‘rniga  aytish mumkinki, mazkur politexnikumda  2025-2026 o‘quv yilida 11 ta kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha  9-11-sinf  bitiruvchilarni kunduzgi,sirtqi va korxona, tashkilotlar talabiga asosan dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish rejalashtirgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan