Salomatlik uchun 5000 qadam
Joriy yilning 2-aprel kuni Peshku tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida «Salomatlik uchun 5000 qadam» yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafonda Peshku tuman hokimi H.Davlatov, 2-son politexnikum rahbarlari, o‘qituvchilar, guruh rahbarlari va talaba-yoshlar ishtirokida o‘tdi. Ishtirokchilar 5000 qadam yurib, ertalabki mashg‘ulotlarni bajardilar. “Sog‘lom_Hayot Salomatlik Uchun 5000Qadam”
SHuningdek «Peshku tuman hokimi H.Davlatov marafon ishtirokchilari bilan birga bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladilar.»
Yurish marafoni davomida, barcha ishtirokchilar birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi.
Marafon faqat yurishdan iborat emas, balki sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. Har kuni jismoniy faollikni oshirish sog‘likni mustahkamlashga yordam beradi!





