🎓 Yangi hayot sari dadil qadam!

 

📍 2025-yil 10-iyul kuni Peshku tumanidagi 2-son politexnikumida “Bitiruvchi – 2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdilar. Quvonchli va hayajonli ushbu kun bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

🎓 Joriy yilda politexnikumni 153 nafar yosh mutaxassis muvaffaqiyatli tamomladi. Ulardan 3 nafari fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirib, imtiyozli (qizil) diplom bilan taqdirlandi.

🏅 “Namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun” 24 nafar bitiruvchiga faxriy yorliq topshirildi.

📚 Tadbir davomida yoshlarda bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va kasbiga sadoqat kabi fazilatlar alohida e’tirof etildi. Bitiruvchilar egallagan kasblari orqali yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishni maqsad qilganliklarini ta’kidladilar.

👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalar bitiruvchilarni tabriklab, ustoz va murabbiylarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan