🎓 Yangi hayot sari dadil qadam!
📍 2025-yil 10-iyul kuni Peshku tumanidagi 2-son politexnikumida “Bitiruvchi – 2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning yaqinlari ishtirok etishdi. Quvonch, hayajon va faxr tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan ushbu kun bitiruvchilar uchun unutilmas xotiraga aylandi.
🎓 Joriy yilda politexnikumni 153 nafar yosh mutaxassis muvaffaqiyatli yakunladi. Ulardan 3 nafari a’lo baholarda o‘qib, imtiyozli (qizil) diplom bilan taqdirlandi.
🏅 O‘quv jarayonidagi namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun 24 nafar bitiruvchiga faxriy yorliq topshirildi.
📚 Tadbir davomida yoshlarda bilim olishga bo‘lgan intilish, kasbga bo‘lgan hurmat va mas’uliyatli mehnatga tayyorlik alohida ta’kidlandi.
👨👩👧👦 Bitiruvchilarning ota-onalari ham farzandlarini tabriklab, ularni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalagan ustozlarga chuqur minnatdorchilik izhor etdilar.
