🎨 Yoshlar ijodi – Yangi O‘zbekiston bunyodkori!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, 2025-yil 21-iyul kuni Peshku tumani 2-son Politexnikumida sanʼat ixlosmandi yoshlar oʻrtasida Amaliy sanʼat koʻrgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning badiiy didini shakllantirish, estetik tarbiyasini kuchaytirish, shuningdek, sanʼatga mehr qo‘ygan yoshlarga ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida o‘tkazildi.
👩🎨 Ko‘rgazmada talaba-yoshlar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan:
🎨 rasmlar
🖌 bezakli sanʼat asarlarinamoyish qilindi.
Tadbir davomida yoshlar o‘z ijodiy ishlari haqida batafsil ma’lumot berib, sanʼatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🗣 Ko‘rgazma jarayonida ijodiy muloqotlar, tajriba almashinuvi, va baholash ishlari ham tashkil etildi.
🎨 Ranglar, hunar va san’at uyg‘unligidagi ko‘rgazma – kelajak bunyodkorlariga ilhom bag‘ishladi!




