Milliy liboslar kuni — milliy qadriyatlarimizning yorqin ifodasi!

📅 Bugun, 12-dekabr kuni Peshku tuman 2-son politexnikumida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlandi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar milliy liboslarda qatnashib, xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlari va boy madaniy merosiga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.

👗 Shu kuni texnikumda o‘tilgan darslar ham milliy liboslar ruhi bilan boyitildi. O‘quvchilar atlas, adras va qadimiy naqshlar bilan bezatilgan liboslarda mashg‘ulotlarda ishtirok etib, dars jarayoniga milliylik va madaniy qadriyatlarimizning o‘ziga xos muhitini olib kirdi.

✨ “Milliy liboslar kuni” nafaqat milliy kiyimlarni targ‘ib etish, balki yoshlarning o‘zligini anglash, tarixiy merosimizni qadrlash va Vatanga muhabbat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va faxr tuyg‘usini yanada kuchaytiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan