🎄✨ Peshku tuman 2-son texnikumida Yangi yil bayrami! ✨🎄

Texnikumda kirib kelayotgan Yangi 2026-yil munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna chiqishlari tadbirga alohida zavq bag‘ishladi.

Ayniqsa, Yalmog‘iz, Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari hamma uchun katta quvonch va kulgu manbai bo‘ldi. 🎭✨

Yil davomida faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar ham sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

🎉 Kirib kelayotgan yil barchamizga quvonch, barqarorlik va yorqin yutuqlar olib kelsin! 🎉

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan