“Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”
Peshku tuman 2-son Politexnikumda 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda o’quvchi-yoshlar, o’qituvchilar, «Qalqon » jamoatchilik guruhi ishtirok etishdi.


Shuningdek, harbiy orkestr va jangovar guruhlarning ko’rinishlari va vatanparvarlikni o’zida aks ettirgan ch
iqishlar yig’ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
🔰 Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ichki ishlar organlari va Mudofaa bo’limining harbiy qism bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda jangovar qurol-aslahalar namoyish qilindi. Ko‘rgazmada Peshku tuman 2-son Politexnikumi o’quvchilari zamonaviy qurollar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Milliy armiyamizdagi islohotlar, harbiylarning hayoti va mashaqqatli faoliyatiga oid ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔰 Shuningdek ichki ishlar organlarida xodimlari bilan hamkorlikda ta’lim olayotgan o’quvchilar uchun uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlar kengashi faollari, malakali psixolog mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Xalq posboni bo`lish naqadar maʼsuliyatli ekanligi, Vatanni qo‘riqlash harbiylar va posbonlarning, balki barchaning vazifasi ekanligi yoshlarga aytib o’tildi.



