CHIYOT fanidan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’quvchi yoshlar bilan CHIYOT fanidan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar fanning nazariy asoslari bilan tanishish bilan birga, amaliy vazifalarni bajarish orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
✅Dars jarayonida jamoaviy faoliyat, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va ularni hal etish yo‘llari o‘rgatilib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavzular bo‘yicha qiziqarli muhokamalar va interaktiv mashqlar o‘tkazilib, yoshlar orasida fan bo‘yicha qiziqish orttirildi.
🔰Mazkur amaliy mashg’ulotda yosh avlodning ijtimoiy muammolarga yangicha yondashuvi va ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ishtirokchilar mashg‘ulotdan katta taassurot olib, kelajakda fanning amaliy jihatlarini hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.



