Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
Peshku tuman 2 -son kasb-hunar maktabida “Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Kasb-hunar maktabi direktori B.Mahmudov o‘quvchilarni qutlab, vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrga ega boʻlgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan barkamol inson boʻlib yetishishga tilak bildirdi.
“Mustaqillik darsi”da o‘quvchilarga “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining mohiyati, mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamjamiyatdagi obro’- eʼtibori haqida soʻzlab berildi.




