Bolangizga kitob ulashing

Har bir yurtning asosiy kuchi bu ma’naviy va aqliy jihatdan yuksalgan va yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan qaray oladigan, ulkan cho’qqilarni egallashga harakat qilayotgan, rivojlanish uchun, vatan ravnaqi uchun hissa qo’shishga urinayotgan yoshlar hisoblanadi. Joriy yilning 29-fevral kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi doirasida tashkil etilgan «Bolangizga kitob ulashing» aksiyasi o’tkazilmoqda. Bu kabi loyihalar farzandlarimizga do‘stlikni, g‘amxo‘rlikni o‘zaro mehrni shakllantirish barobarida kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi. Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi rahbarlari tomonidan 30 ga yaqin badiiy adabiyotlar to’plamlari axborot kutubxonasiga topshirildi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan