Harbiy-vatanparvarlik

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ichki ishlar organlari va Mudofaa bo’limining harbiy qism bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda jangovar qurol-aslahalar namoyish qilindi. Ko‘rgazmada Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari zamonaviy qurollar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Milliy armiyamizdagi islohotlar, harbiylarning hayoti va mashaqqatli faoliyatiga oid ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek ichki ishlar organlarida xodimlari bilan hamkorlikda ta’lim olayotgan o’quvchilar uchun uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlar kengashi faollari, malakali psixolog mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Xalq posboni bo`lish naqadar masʼuliyatli ekanligi, Vatanni qo‘riqlash harbiylar va posbonlarning, balki barchaning vazifasi ekanligi yoshlarga aytib o’tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan