Master-klass darslari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-sentabr “Professional ta’lim muassasalarda ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi 408-sonli buyrug’ining ijrosini ta‘minlash maqsadida 2024 yil 29-mart kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’quv binosining 22-xonasida Uslubchi Z.Xayrullayeva tomonidan “Professional ta’lim muassasalarida darslarni tashkil etishda Noan’anaviy usuldan foydalanish” mavzusida master-klass o’tkazildi.
Mashg’ulot davomida auditoriya, o’quv laboratoriya xonasi, o’quv amaliyot xonasi, o’quv ustaxonasi, haqida qisqacha ma’lumot berib o’tildi. O’quv amaliyot mashg’uloti bosqichlari, Baholash mezonlari, Yo’riqli-texnologik xaritaga qo’yiladigan asosiy talablar haqida kerakli ma’lumotlarni yuqori darajada tushuntirib berildi. Shu bilan bir qatorda master klass “Aqliy hujum” metodi “Besh barmoq” va “chalkash panjara” metodidan foydalanildi.




