Farzandlar tarbiyasi-davr talabi

O’quvchilar tarbiyasiga befarq bo’lmaslik, zamonning shiddat bilan rivojlanayotgan davrida yashayotganligimiz uchun hozirgi yoshlarning o’rta yosh vakillaridan ancha oldinda ekanligini inibatga olgan holda, o’qituvchilarning,ota-onalarning hushyotligini yanada oshirish maqsadida Peshku tumani 2-son kasb-hunar maktabida ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda kasb-hunar maktabi direktori B.X.Mahmudov, Respublika ma`naviyat va ma`rifat Peshku tuman bo’limi rahbari SH.Narzullayev ,»Zandani «MFY raisi I.Berdiyeva maktabning YOIBD o’ribosari SH.Abdiyev,pedagog xodimlar,ota-onalar ishtirok etishdi.

Yig’ilishni maktab direktori B.Mahmudov ochib berdi. Bunda o’quvchilarning maktabga kelib-ketishi,xulqi,odobi,tarbiyasi,maktabning ichki-tartib qoidalari haqida to’xtalib o’tdi. 

Maktabning YOIBD o’ribosari SH.Abdiyev o`quvchilar vaqtini unumli va mazmunli o`tkazish,ularda vatanparvarlik tuyg`ularini singdirish,kitobxonlikka o`rgatish,oila-maktab-mahalla hamkorligini kuchaytirish lozimligini gapirib o`tdi.

Yig’ilish davomida kasb-hunar maktabiga tashrif buyurgan maktab o’quvchilarning ota-onalari kasb hunar maktabning sinf xonalari, o’quv amaliyot ustaxonalari, labaratoriya xonalari, axborot resurs markazi, kutubxon, innovatsion xonalar bo’ylab ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida tashrif buyurgan ota-onalar yoshlarga kasb hunar maktabida yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib o’tildi.

Yig’ilish davomida kasb hunar maktabi bitiruvchi yoshlarining bandligini ta’minlash maqsadida tashrif buyurgan ish beruvchi korxona va tashkilotlar o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashib amaliyot o’tash hamda ishga qabul qilish to’g’risida shartnoma imzoladilar.

Yig’ilish oxirida kasb-hunar maktabi xodimlari,maktab o’quvchilarning ota-onalari va mutassadi tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida suhbat jarayoni o’tkazilib, bunda kasb hunar maktabi to’g’risida fikr va mulohazalar bildirib o’tildi hamda shu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil etish kerakligi takidlab o’tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan