ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 583 YILLIGI
ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 583 YILLIGI KENG NISHONLANDI
Joriy yilning 9-fevral kuni Peshku tuman 2- son kasb-hunar maktabi va madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi. Tashkil qilingan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Alisher Navoiy asarlarini o’rganish, uning bebaho merosidan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli, yuksak ijodiy-intellektual salohiyat sohibi etib kamolga yetkazishdek ezgu ishlarni amalga oshirish to’g’risida g’azalxonlik va sahna ko’rinishlari ijro etildi.
Tadbir davomida o’zbek adabiy tilining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, bebaho asarlari haqida so’z yuritildi.
O’quvchilar shoir qalamiga mansub ruboiy, tuyuq va g’azallarni, «Navoiy va Guli» monologini yoddan, ifodali o’qib berishdi. Shuningdek ishtirokchilar Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridan joy olgan dostonlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.



