Bilimdonlar bahsi
ZAKOVAT QAYERDA BO’LSA ULUG’LIK BO’LADI.
BILIM QAYERDA BO’LSA BUYUKLIK BO’LADI.
Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi. Bilim muvaffaqiyat. Bilimsizlik esa mag’lubiyatdir. Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi. Bilim durbinga o’xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To’siq, g’ovlar ustidan uning yordamida oshib o’tamiz. Bilim nurdir. Yo’limizni u bilan yoritamiz. Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o’ziga eng katta yomonlikni qilgan bo’ladi. O’qituvchi va yoshlarning hozirjavobligi, tezkorligi, mantiqiy fikrlashini, bilimini mustahkamlash maqsadida bugun Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Bilimlar bahsi» nomli Zakovat Intellektual o’yini tashkil etildi.
Intellektual o’yinda maktab o’qituvchilari ishtirok etib o’zlarining bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Zakovat intellektual o’yini qizg’in muhokama va bahslarga boy bo’ldi. Yakuniy natijalarga ko’ra g’olib bo’lgan jamoa faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.



