Buxoro folklori navolari

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Peshku tuman bo‘linmasi hamda tuman madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda milliy qo‘shiqchilik san’atining durdonasi bo‘lgan folklor san’atini keng targ‘ib etish, xalqimizning qadimiy qo‘shiq, raqs, musiqa va sahna ko‘rinishlari kabi janrlarini o‘zida mujassam etgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan o’quvchilar qadimiy xalq qo‘shiqlari va raqslari, aytishuvlar, milliy xalq o‘yinlari, urf-odat va marosimlarini o‘zida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi -yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘urur va iftixor bag‘rikenglik, bunyodkorlik va mehr- oqibat g‘oyalari ruhida tarbiyalashdan iborat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan