Sport — sog‘lik garovi

Bu musobaqani tashkil etishdan ko`zlangan maqsad o`quvchilarning mazmunli va maroqli dam olishlari, salomatliklarini asrashlari yo`lida ana shunday sport tadbirlari o`tkazilmoqda. Jismoniy madaniyat shaxsni kompleks shakllantirish tizimining uzviy qismidir.O’sib kelayotgan yosh avlodning sog’ligi haqida g’amxo’rlik, ularda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam, mustaqil shug’ullanish ko’nikmalarini singdirish tarbiyaviy jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surishi bejiz emas. Xususan, ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. O’tgan davr mobaynida kasb-hunar maktabimizda jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish, yoshlarning sog’lom turmush tarziga rioya qilishini ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirildi. Sport to’garaklari faoliyati jonlantirildi, ommaviy sport turlari musobaqalarning muntazam o’tkazib borilishi yo’lga qo’yildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan