🌿 Ekologik madaniyat – ertangi kunimiz garovi!

Peshku tuman 2-son politexnikumida yoshlarning ekologik ongini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida “Ekologik qonunchilikning huquq va burchlari” mavzusida ma’rifiy davra suhbati hamda “Eko adolatli hayot – ekologik mas’uliyat haftaligi” doirasida “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” nomli interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📌 Tadbirda Peshku tuman ekologiya kengashi raisi I. Jumayev,
📌 Buxoro Texnika Universiteti dotsenti N. Tursunova ishtirok etib, o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi qonun-qoidalari, fuqarolarning tabiatni muhofaza qilish borasidagi huquq va burchlari, ekologik xavfsizlik talablari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

🌱 Mazkur faoliyatlar yoshlarning ekologik muammolarga befarq bo‘lmasligi, tabiatni asrash O‘quvchilar ekologik qonunchilikni chuqurroq o‘rganish bilan birga, kundalik hayotda ekologik madaniyatni qo‘llashning muhimligi haqida ham fikr almashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan