“Dolzarb 90 kun”

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi samarali tashabbus!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, 2025-yil 19-iyul kuni Peshku tuman 2-son politexnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ingliz tili to‘garaklari tashkil etildi.

🔎 Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan, hayotga qat’iy pozitsiyaga ega, mantiqiy tahlil va tizimli fikrlash qobiliyatiga ega shaxslar qilib tarbiyalashdan iboratdir.

 

🤝 Mazkur dars mashg‘ulotlari Peshku tuman 2-son politexnikumi va Buxoro Varnet Botanika bog‘i hamkorligida tashkil etilib, o‘quvchilar uchun qiziqarli, interaktiv va zamonaviy usullar asosida olib borildi.

✅ “Dolzarb 90 kun” – bu yoshlar imkoniyatini yuzaga chiqarish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan