8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

Peshku tuman 2-son kasb -hunar maktabida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» ga bag’ishlangan bayram tadbiri munosib ravishda nishonlandi

Ayolni ulug’lamoq- Vatanni,hayotni ulug’lamoq deganidir. Ayol jamiyatning gultoji,uni ta’riflashga til ojiz. Bugun Peshku tuman 2-son kasb- hunar maktabida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» ga bag’ishlangan bayram munosib ravishda nishonlandi. Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori tadbirni ochib berib B. Maxmudov tadbirni ochib berib barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog’lik va uzoq umr tiladilar.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga atab, Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «O’zbegim qizlari yoxud Bahor malikasi»  kórik-tanlovi bólib ótdi.  Tadbirda latofatli , chaqqon, maftunkor 7  nafar  qiz  o’zaro bellashib, óz istedodlarini namoyon qilishdi.

Ayol azaldan mehr -shafqat  va sadoqat timsoli bólib kelgan. Ayollarni qancha ulug’lasak, umrimizning guli deb e’zozlasak,demakki, oliamizni, Vatanimizni e’zozlagan bólamiz. Tadbirda faol ishtirok etgan, qizlar estalik sovg’alari bilan taqdirlandi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan