9-may Xotira va qadrlash

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida » 9-may Xotira va qadrlash » bayrami munosabati bilan «Keksa – fidoiylarni e’zozlash va qadrlash » nomli xotira kuni o’tkazildi.

Xotira bor ekan – millat barhayot

9 may — Xotira va qadrlash kuni. Xotira – kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.Qadr – insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi.

Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.

Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

Respublikamizda «9-may Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan

viloyatimiz hududida istiqomat qilib kelayotgan 2-jahon urushi faxriylaridan xabar

olish, ularga yuksak hurmat va e’tibor qaratish, shuningdek, kasb-hunar ta’limi tizimida

rahbarlik lavozimi va pedagog xodim sifatida mehnat qilib bugungi kunda nafaqada

yashab kelayotgan fidoiy va mehnat faxriylarni e’zozlash maqsadida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Keksa fidoiylarini e’zozlash va qadrlash» nomli xotira kuni tashkil etildi. Xotira kuniga atab, maktab o’quvchilari tomonidan, turli xil sport hamda qiziqarli savol-javob o’yinlari tashkil etildi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatdir. Bunday kunlarning tinch, osoyishta yurtimizning qadriga yetaylik. Zotan bu kunlarni deb kimlar jonini qurbon qilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan