Yashil makon
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlar kengaymoqda.
🌳 Peshku tumanida Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz iqlimi sharoitiga mos bo‘lgan ko‘chatlar ekish ishlari hamda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
🔰Joriy yilning 30-noyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi va “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tashabbusi bilan tumandagi «Xorkash» MFY hududida bir guruh Professor o’qituvchilar va o’quvchi yoshlar ishtirokida ko’chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
🔰Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish hamda xalqimizga xos bo’lgan ezgu fazilatlarni qadrlash va yosh avlod qalbiga singdirishdan iborat.



