Yashil makon

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlar kengaymoqda.
🌳 Peshku tumanida Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz iqlimi sharoitiga mos bo‘lgan ko‘chatlar ekish ishlari hamda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.


🔰Joriy yilning 30-noyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi va “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tashabbusi bilan tumandagi «Xorkash» MFY hududida bir guruh Professor o’qituvchilar va o’quvchi yoshlar ishtirokida ko’chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
🔰Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish hamda  xalqimizga xos bo’lgan ezgu fazilatlarni qadrlash va  yosh avlod qalbiga singdirishdan iborat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan