Zakovat
🏆 Yosh avlodni va insonni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 15-dekabr sanasida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishchi xodimlari hamda o’qituvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo’lib o’tdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi barcha ishchi xodimlari hamda o’qituvchilari 7 nafardan tashkil topgan 2 ta jamoa ishtirok etdi.
🏆“Zakovat” intellektual o‘yini yakuniy natijalariga ko’ra Ilm Ziyo jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib jamoalarni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori tabriklab diplom va esdalik sovg’alarni topshirdi.




