Zakovat

🏆 Yosh avlodni va insonni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 15-dekabr  sanasida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishchi xodimlari  hamda o’qituvchilari o’rtasida  “Zakovat” intellektual o‘yini  bo’lib o’tdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi barcha ishchi xodimlari  hamda o’qituvchilari 7  nafardan tashkil topgan 2 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆“Zakovat” intellektual o‘yini yakuniy natijalariga ko’ra Ilm Ziyo jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib jamoalarni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori tabriklab diplom va esdalik sovg’alarni topshirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan