“Besh tashabbus” doirasida folklor o‘tkazildi
🔹 Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Besh tashabbus” doirasida folklor o‘tkazildi, tadbir yoshlar va keng jamoatchilik e’tiborini milliy madaniyat va qadriyatlarga jalb etishga xizmat qiladi. Tadbir davomida milliy qo‘shiqlar, raqslar va an’anaviy san’at namoyishlari o‘tkazilib, folklor orqali madaniyatning boyligi va o‘ziga xosligi yoritildi.
🎯 Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va sahna chiqishlari orqali yosh avlodni qadimiy urf-odatlarga qiziqtirishga qaratilgan mazkur tadbir madaniyatni targ‘ib qilishning samarali usullaridan biriga aylandi. Shuningdek, bu tadbir yoshlarda milliy o‘zlikni anglash va madaniy merosni asrab-avaylashga bo‘lgan intilishni kuchaytiradi.
🔹 Mazkur tashabbus milliy birlikni mustahkamlash va madaniy merosni kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.


