Besh tashabbus

 

⚡️“Besh tashabbus” loyihasi doirasida tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida bir qator professor-o‘qituvchilar tomonidan institutga biriktirilgan Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tuman hokimligi vakillari Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbar-xodimlari, talabalar, maktab o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.Dastur davomida musiqaviy chiqishlar, rassomlik ko‘rgazmalari, adabiyot bo‘yicha bellashuvlar,  tadbirlar, sport musobaqalari,seminar-treninglar, kitobxonlik bellashuvlari, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kurslar hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar va ularning faoliyatida “Besh tashabbus” tadbirlari ilmiy-ijodiy, kasbiy o‘sishi uchun ahamiyati katta ekanligi aytildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan