BESH TASHABUS – BESH IMKONIYAT
Joriy yilning 18- oktiyabr sanasida Peshku tumani 2-son kasb-hunar maktabida “Ochiq darslar” kuni munosabati bilan “Besh tashabbus – besh imkoniyat” doirasida tadbirlar tashkil qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o’rni beqiyos. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.
El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi “Besh tashabbus – besh imkoniyat” tadbiri yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Bundan tashqari Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabining o’quvchilari o’z kasbi, sohasi bo’yicha o’z qo’l mehnatlari bilan yaratgan san`at asarlari, arxitektura namunalari hamda turli xil pishiriqlar bilan tashrif buyurgan mehmonlarni xursand qilishdi.
Yoshlarning madaniy hordiq olishlari uchun, Peshku tumani Madaniyat markazi tomonidan qiziqarli, maroqli musiqa dasturi tashkil etilib, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” tadbiri hamda «Ochiq darslar» kuni yuqori saviyada o’tkazildi.







