Bilimdonlar bahsi
Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Bilimdonlar bahsi » nomli Zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.
ZAKOVAT QAYERDA BO’LSA ULUG’LIK BO’LADI.
BILIM QAYERDA BO’LSA BUYUKLIK BO’LADI.
Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi. Bilim muvaffaqiyat. Bilimsizlik esa mag’lubiyatdir. Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi. Bilim durbinga o’xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To’siq, g’ovlar ustidan uning yordamida oshib o’tamiz. Bilim nurdir.Yo’limizni u bilan yoritamiz. Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o’ziga eng katta yomonlikni qilgan bo’ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, o’quvchi yoshlarning hozirjavobligi, tezkorligi, mantiqiy fikrlashini, bilimini mustahkamlash maqsadida bugun Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Bilimlar bahsi» nomli Zakovat Intellektual o’yini tashkil etildi.




