19.10.2024
Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2-kurs (yigitlar) o’rtasida sportning VOLEYBOL turi boʻyicha
«5 TASHABBUS OLIMPIADASI» ning 2024-yilgi mavsumi. Maktab birinchiligi musobaqasi o’tkazildi. Bunda:
🥇I-o’rinni 22-23 guruh jamoasi
🥈II-o’rinni 23-23 guruh jamoasi
🥉III-o’rinni 29-29 guruh jamoalari qo’lga kiritishdi.
Ochiq dars
💫 2024-yil 18-oktyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6- sentabrdagi «Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidagi 408-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida «Yoshlar va biznesni qoʻllab- quvvatlash yili»da professional ta’lim sohasida o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Maxsus fan oʻqituvchisi Baxronov X tomonidan Avtomobil tuzilishi fanidan Sovitish tizimi mavzusi boʻyicha ochiq dars tashkil qilindi, dars davomida oquvchilar mavzuning dolzarbligi, kundalik hayotda ishlatilishi haqida toliq malumotlarga ega boldilar. Dars jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida archa, klasster, zig-zag kabi metodlardan foydalangan holda otkazildi. Mavzuga oid qiziqarli amaliy tajribalar otkazildi.

