“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan master klass darslari o’tildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli farmoniga asosan institutga biriktirilgan Peshku tuman 2-son politexnikumida joriy yilning 30-noyabr kuni «TIQXMMI» MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.J.Imomov hamda òquv ishlari bòyicha prorektor I.S.Hasanov tomonidan farmonning maqsadi va institut bilan amalga oshiriladigan vazifalar to’g’risida ma’lumotlar berilib, texnikum o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan berilgan savollarga institut rektori tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi, hamda “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan master klass darslari o’tildi. E’tiborlisi shundaki texnikum o’quvchilari master klass darslarni qiziqarli savol-javoblar, bilim almashinuvi bilan boyitdi va talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida  06.12.2024 yil sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi ✅“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi

F-53-son
Farmoyishi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nazorat rejasining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan   “KONSTITUTSIYA-HUQUQ ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Yashil makon

Read More

Katta yoshdagilarni o’qitish

🔹 2024-yil dekabr “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi uzoq qishloq hudularidagi xotin-qizlar va yoshlarni, shu jumladan nogironligi bo’lgan aholini kasbiy ko’nikmalarga o’qitish va ularni bandligini ta’minlash» ijtimoiy buyurtmasi doirasida kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha mahorat darslari o‘tkazdi.
Katta yoshdagilarni o’qitish” loyihasi doirasida trening bo‘lib

o‘tdi, (Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan).

Read More

“Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”

 

 

 

Peshku tuman 2-son Politexnikumda 14 yanvar – vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda o’quvchi-yoshlar, o’qituvchilar, «Qalqon » jamoatchilik guruhi ishtirok etishdi.

Read More

“Besh tashabbus” loyihasi doirasida tadbirlar tashkil qilinmoqda

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida bir qator professor-o‘qituvchilar tomonidan institutga biriktirilgan Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Read More

Matematika shunday tilki-barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi

 

⏳
2024-yil 10-dekabr   kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6- sentabrdagi «Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi”

Read More

“Zakovat” intellektual o‘yini

 

🏆 Yosh avlodni va insonni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi BUXARA VARNET EKO PARKI hamkorligida joriy yilning 2-dekabr sanasida Rometan tumanidagi “ BUXARA VARNET » eko parkida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishchi xodimlari hamda o’qituvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo’lib o’tdi.

 

Read More

Korrupsiya kelajakga tahdid

 

Korrupsiya zamonamizning eng jiddiy muammolaridan biri bo‘lib, u nafaqat davlat boshqaruvining samaradorligini pasaytiradi, balki jamiyatning har bir qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiya — bu mansabdor shaxslarning o‘z lavozim va vakolatlaridan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab noqonuniy foydalanishidir. Ushbu jarayon shaffoflik va adolat prinsiplarini buzadi, resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi va jamiyat taraqqiyotini to‘xtatadi.

Korrupsiyaning kelajakka tahdidi juda kattadir. U ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytirib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi va kelgusi avlodlar imkoniyatlarini cheklaydi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma kabi sohalar korrupsiyadan eng ko‘p zarar ko‘radi. Natijada, davlatning fuqarolar oldidagi ishonchi kamayadi, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik esa pasayadi.

Read More

💫 2024-yil  15-oktyabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6- sentabrdagi «Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi”  to‘g‘risidagi 408-sonli buyrug‘i  ijrosini ta’minlash maqsadida «Yoshlar va biznesni qoʻllab- quvvatlash yili»da professional ta’lim sohasida o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, «Biologiya” fanidan  🔰 Peshku tuman  2-son kasb-hunar maktabi umumta’lim fani  o’qituvchisi Hamroqulova Volida Boboqul qizi   tomonidan 1-bosqich 7-24 guruh o’quvchilariga «Ochiq dars»  o’tkazildi.