Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron AMIR TEMUR tavalludining 686 yilligi

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi, o’quvchilarni «Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, hamda «Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron AMIR TEMUR tavalludining 686 yilligiga» atab, BUXDU Harbiy ta‘lim fakultetida ochiq…

Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab-avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.  Vatan  inson tug’ilgan muqaddas zamin, uning qalbida abadiy qoladi va hech qachon unitilmaydi. Vatan tushunchasi va unga bo’lgan muhabbat ona suti, ona bag’ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga bajo bo’ladi.

    Vatan deganda ota-momolarimiz, avlod-ajdodlarimiz o’tgan kindik qoni to’kilgan ona Yerni tushunamiz. Avlod — ajdodlarini  bilgan va qadrlagan inson uchun ular yashagan makon jonajon Vatandir.

  Vatanni qalban, chuqur his qilish uchun xalqning Vatanparvarlik namunalarini bilish, uni e’zozlash,  qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg’ular, manashu go’zal insoniy oliy fazilatlar bugungu erkin kunimiz uchun haqiqiy Vatanparvarlik namunasidir.

Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, davlat arbobi, 1336-yil 9-aprel kuni (Shaxrisabz) yaqinidagi Xo’ja ilg’or (Yakkabog’) qishlog’ida tug’ilgan. Uning ota-bobosi turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqgan , bo’lib Chig’atoy ulusining saroydagi obro’ -e’tiborli kishilar qatoridan joy olgan.

Sohibqiron Amir Temur bobomizning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo’lgan. Amir Temurning hukmronligi 35 yil davom etgan. Sohibqiron bobomiz Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha , Tyan Shandan Bosforgacha bo’lgan katta, buyuk saltanatga asos solgan. Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedoniskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi, o’quvchilarni «Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, hamda «Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron AMIR TEMUR tavalludining 686 yilligiga» atab, BUXDU Harbiy ta‘lim fakultetida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan