Kasbiy ta’lim
Kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Peshku tuman hokimi va mutasaddilari, Politexnikum faoliyatini yolga qoyish, ta’lim va tadqiqotlar jarayonining rivojlanishi, moddiy-texnik baza va shart-sharoitlarning yaxshilanish maqsadida uchrashuv o`tkazildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli farmoni mazmuni va ushbu huquqiy hujjatdagi vazifalarning ijrosi haqida so’z yuritildi. Uchrashuvda, o’quv yurtida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi imkoniyatlar va kelgusi rejalar haqida ham fikrlar almashildi. Texnikumlarda biriktirilgan Ish beruvchi korxonalar, ular bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. O‘tgan davrda texnikumlar bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda salmoqli natijalarga erishildi. Buning natijasida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, o‘quvchilarni sifatli bilim bilan ta’minlash va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga yo’naltirilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Texnikumlar o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni ishga tayyorlashda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash jarayoni sezilarli darajada samarali bo‘lmoqda. O‘quv yurtlarida yangi texnologiyalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini yangilash va zamonaviy usullarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning ixtisoslik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ularni bozor talablariga mos holda tayyorlash imkonini beradi. Shuningdek, texnikumlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa ta’limning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.




