Katta yoshdagilarni o’qitish
🔹 2024-yil dekabr “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi uzoq qishloq hudularidagi xotin-qizlar va yoshlarni, shu jumladan nogironligi bo’lgan aholini kasbiy ko’nikmalarga o’qitish va ularni bandligini ta’minlash» ijtimoiy buyurtmasi doirasida kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha mahorat darslari o‘tkazdi.
Katta yoshdagilarni o’qitish” loyihasi doirasida trening bo‘libo‘tdi, (Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan).


🔹Tadbir “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Yoshlar tashabbuslari markazi va DVVning O‘zbekistondagi filiali hamda Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi hamkorligida tashkil etildi.
🎯Asosiy maqsad – kattalar ta’limi, norasmiy ta’limga yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ijtimoiy
yo‘naltirilgan NNTlarning salohiyati va institutsional rivojlanishini oshirishdan iborat.


🔹Trening raqamli texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalar va tashkilotda yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish usullarini rivojlantirishga qaratilgan. Ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTlar norasmiy tarmog‘i a’zolari – “SABR” hamkorlarining malakasini oshirish trening ishtirokchilariga olingan bilimlarni nafaqat o‘z ishlarida qo‘llashi, balki ularni o‘z faoliyati orqali tarqatish, maqsadli guruhlar, ayollarni va qishloq joylarda yashovchi yoshlarni o‘qitish orqali ham targ‘ib qilish imkonini beradi. O‘z navbatida, qishloq aholisi o‘z biznesini, innovatsion mahsulot va xizmatlarini yaratish va rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


🔹Tadbirda O‘zbekistonning 12 viloyatidan norasmiy ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTlar tarmog‘i a’zolari – “SABR” hamkorlari va DVVning O‘zbekistondagi filiali vakillari ishtirok etishdi.


🇺🇿O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV hamda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahridan vakillaridan iborat delegatsiya a`zolari Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida tashrif buyurdilar.
Shuningdek Tojikiston xalqining milliy san’ati va madaniyati namunalaridan ham bahramand bo‘lishdi.


