Konstitutsiya — xalqimizning erkinligi, huquqi va kelajak poydevori!

🌟33 yillik — Bosh Qonunimiz ulug‘vorligini tarannum etamiz!

🏫📘 Peshku tuman 2-son Politexnikumida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar talaba-yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Konstitutsiyaga hurmat ruhini shakllantirish va ularda huquq hamda erkinliklar bo‘yicha tasavvurni kengaytirishga xizmat qildi.

🔹 Amalga oshirilgan ishlar:

✔️ 🗣️ Huquqiy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etilib, talabalarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va asosiy tamoyillari chuqur tushuntirildi.


✔️ 🖼️ Targ‘ibot-bannerlari va stendlari o‘rnatilib, axborot maydoni yaratildi.
✔️ 💬 “Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr-mulohazalarini faol bildirib bordilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan