Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab

🔰Joriy yilning 27-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Peshku tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Turkiston Jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab  «Zandane» MFY hududida joylashgan 2-son politexnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


🔰Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Hodi Boqulov va politexnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.


🔰Tadbir ma’ruzachilari va politexnikum o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi va jadidchilik yetakchisining ilmiy-ma’naviy merosi, hayoti va ijodi haqidagi chiqishlarda yosh avlodni asriy qadriyatlarga sodiqlik, zamon bilan hamnafas, zukko, bilimdon etib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligiga alohida to’xtalib o’tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan