Matematika shunday tilki-barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi
⏳
2024-yil 10-dekabr kuni Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6- sentabrdagi «Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi”
to‘g‘risidagi 408-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida «Yoshlar va biznesni qoʻllab- quvvatlash yili»da professional ta’lim sohasida o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, «Matematika” fanidan Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi umumta’lim fani o’qituvchisi Nuriddinova Nigina tomonidan 1-bosqich 7-24 guruh o’quvchilariga «Ochiq dars» o’tkazildi.
Ochiq dars davomida o’quvchilarga «Ko’rsatkichli funksiya» mavzusida taqdimot-slaydlar, videoroliklar va turli metodlardan foydalanib, Dars jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida archa, klasster, besh barmoq kabi metodlardan foydalangan holda otkazildi. Mavzuga oid qiziqarli amaliy tajribalar otkazildi.



