Oʻzbekiston -inson qadri qadr topgan yurt
Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Oʻzbekiston -inson qadri qadr topgan yurt» mavzusida navbatdagi Maʼrifat soati oʻtkazildi.( Maʼruzachi: YoBIBDO’ Sh.Abdiyev.)
Davlatimiz raxbari tomonidan 2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi mamlakatimizda ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib borishi va inson manfaati va qadri ustuvor ekanligining dalolatidir.
Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketganligi haqida maʼlumot berildi.
Inson qadrlangan yurtga Allohning rahmati yog‘iladi,- deydi Sh. Abdiyev.
Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo’lib, inson qadri ulug’langan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois, mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha’ni, uning qadr-qimmatiga katta e’tibor berilmoqda.
Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26-yanvar kuni O’zbekistonning 2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yurtimizda inson qadri ulug’lanishiga doir vazifalar belgilandi. Boisi, inson qadrini ulug’lash eng oliy fazilat bo’lib, yurtimizdagi islohotlarning mantiqiy davomiyligi haqida mavzu yoritib berildi.





